Показаны сообщения с ярлыком rasm. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком rasm. Показать все сообщения

четверг, 9 февраля 2012 г.

Chet el ovqatlari

Hind ovqatlari juda yoqimli va ajoyib

Yana ularda nonni "nan" deyisharkan, rasmdagisi sada nan lekin  yana bir qancha turlari bor.

Bu rasmdagi ovqatni nomi katta tarelka deb nomlanadi, tarjima qilgandan keyin.

Yana bir chet el ovqatlaridan yoqqani, Yapon millatining sushi taomidir, balkim oldin aytgandirman, lekin sushini uyda o'zimiz ham pishirib ko'rdik.


 Aytmoqchi, sushi bilan birgalikda sho'rvasi ham juda yoqimli... hmmm :)

 Tayyor bo'lgandagi ko'rinishi....



Yana o'zimiz pishirgan ovqatlardan...

Perashka, sho'rva bilan



Nomini eslay olmayman, lekin juda yoqimli edi


Qiziqmi, aha tort ham pishirib yedik :)


Yana ba'zi rasmalar...



Bunisini birinchi yil pishirganmiz, adashmasam 2010 yil

Xullas, shular... Yeyishdan hech ham kam bo'lmadik, lekin baribir onajonimni nonlarini sog'indim!


вторник, 3 января 2012 г.

Yangi 2012 Yil

Shahar bezaklarga boy...

Ajoyib o'zimiz tayyorlagan Sushi (Yapon milliy ovqati), yangi yil dasturxonidan...


Kechki bayram shodiyonalaridan parcha...



воскресенье, 25 декабря 2011 г.

Parij, Fransiya sayohatidan foto suratlar...


2011 yilning Yanvar oyida Fransiya poytaxti Parij shahriga sayohat uyushtiridik, bir  necha do'stlar bilan. Juda maroqli bir sayohat bo'ldi, quyida ba'zi bir rasmlar... 
1-KUN:
Metrodan chiqishimiz bilan birinch olingan rasmlardan.

Notre Dame de Paris







Sayohat davomida juda ko'p yayov yuridik, shahar markazidamiz...
 Kechga yaqin Effil minorasi yaqinidan ovqatlanishga qaror qilib shu tomonda qarab yuridik...
 Ajoyib kechki ovqat, bunaqasidan yemaganman, hmmm Fransiya oshxonasi juda mashhur o'zining shirin ovqatlari bilan
 Effil minorasiga ham yetib keldik, ammo yuqori qavatlariga chiqish uchun kamida 1 soat navbatda turish kerakligi uchun, mehmonxonaga qaytishga qaror qildik, Effilga chiqish keyinroqqa qoldi...

2-KUN: Shahar chekkasida bir qadimiy ibodatxona bor ekan, atrofida juda ko'p qadimiy binolar, yana eski shaharchasi ham shu yerda joylashganiga erta bilan yo'lga chiqdik.
 Kechga yaqin Effilga chiqishga qaror qildik, rasm Effil binosining birinchi qavatidan olingan.
3-KUN:
Parij metrosi odamni ajablantirish tabiiy, 2-o'rinda turarmish jahonda Moskva metrosidan keyingi, odam gavjumligi bo'yicha... Yoqmagan tarafi, odamlari e'tiborsiz, juda beozoda ekan. Aytmoqchi, 300 dan ortiq bekatlari mavjud...
 Oxirgi kunlik safar, Versaille qirollik Qasriga o'tdi, shahardan tashqarida joylashgan...




 Har bir xona o'ziga xos bezaklar va hunarmandlik ishlari bilan to'ldirilgan, Qirollik oilasining faxri bo'lgan.


Galerie des Glaces (Hall of Mirrors) - Oynali xona yoki zal


 Va nihoyat safarimiz qaridi, kechqurungi qayiqli sayohatdan ham bahra olish maqsadida qayiqqa chiqib shahar atrofini yarim soat sayohat qildik...
 Undan son'g metroga tushishdan oldin Arc de Triomphe Etoile va shu joylashgan katta ko'cha bo'ylab metroga qadar yuridik, va mehmonxonaga qaytdik, erta sahar bilan avtobus bilan airoportga jo'nadik.
Qisqacha shu, bundan tashqari ancha Parij ko'chalari, restaranlari, metro bekatlari, odamlari haqidagi gaplar keyingi safarga qoldi, nasib qilsa. Keyingi sayohat rejalar, nasib qilsa Italiyani ko'rish niyat bor, ko'ramiz, ko'zimiz ko'rib, yuragimiz urib, oyog'imiz yurib tursa...

пятница, 16 декабря 2011 г.